Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kalafyori «Byornli» bilan o‘yin oldidan «Arsenal» mashg‘ulotlarida ishtirok etdi

Kalafyori «Byornli» bilan o‘yin oldidan «Arsenal» mashg‘ulotlarida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Rikkardo Kalafyori «Byornli»ga qarshi bahs oldidan jamoa mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi. O‘tgan turda italiyalik futbolchi jarohat olib, o‘yinni oxirigacha yetkaza olmagan edi.

O‘sha o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Mikel Arteta futbolchi nimanidir his qilganini tasdiqlagan, biroq tiklanish muddatlarini ochiqlamagan edi. Payshanba kuni Kalafyori ochiq mashg‘ulotlarda ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi, bu esa uning navbatdagi o‘yinda maydonga tushish imkoniyatlarini oshiradi.

Mashg‘ulot jarayonida Vilyam Saliba, Martin Edegor va Bukayo Saka ishtirok etmadi. Ularning har uchalasi alohida tiklanish mashqlarini bajarishdi. «Byornli» bilan o‘yin 18 may kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirda «Arsenal» chempionatda «Manchester Siti»dan 2 ochko oldinda bo‘lgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 15:02, 15.05.2026.
O'qildi: 203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик