«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachi Xarvi Elliottning «Liverpul»dan ijaraga olinishi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirib, futbolchi uchun mavsum amalda boy berilganini tan oldi.
23 yoshli xavbek o‘tgan yozda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun «Villa»ga o‘tgan edi, biroq butun mavsum davomida barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 9 ta o‘yinda ishtirok etdi. APLda u to‘rt bor maydonga tushib, umumiy hisobda 109 daqiqa harakat qildi. «The Mirror» nashrining xabar berishicha, o‘ninchi o‘yindan so‘ng Birmingem klubi futbolchini 40 million yevroga sotib olishga majbur bo‘lardi.
«Bu ushbu jarayonda ishtirok etayotganlarning barchasi uchun uyatli vaziyat. Men har kuni Xarvi Elliottdan uzr so‘rashim kerakligi haqida o‘ylayman», — dedi Emeri.
«Liverpul» murabbiyi Arne Slotning so‘zlariga ko‘ra, ijara futbolchi va har ikki klub kutgan natijani bermadi: «U ko‘proq o‘yin vaqtiga ega bo‘lish uchun ketgandi, lekin, afsuski, bu amalga oshmadi. Bunday iqtidorli futbolchi uchun bu juda yoqimsiz holat».
Yarim himoyachining «Liverpul» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, biroq yaqin oylarda klub Elliottning to‘liq transferi variantini ko‘rib chiqishi ehtimoldan xoli emas.













