Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Himoya chizig‘imizda ham muammolar bor edi» – Marat Miftaxutdinov

«Himoya chizig‘imizda ham muammolar bor edi» – Marat Miftaxutdinov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi «Lokomotiv» - «Dinamo» (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar jamoasi murabbiyi Marat Miftaxutdinov o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

«O‘ylaymanki, bugungi bahs muxlislarga yoqdi – ikki tomonlama jangovar o‘yin kechdi. O‘yin oldidan o‘zimizni muammolarimiz bor edi, ya’ni Firdavs Abdurahmonov ancha vaqt o‘ynamay, maydonga tushgandi, Oybek O‘rmonjonov ham uzoq muddatdan keyin safga qaytdi. Himoya chizig‘imizda ham muammolar bor edi. Hisobda oldinda edik, ammo oxirida himoyadagi e’tiborsizlik golga sabab bo‘ldi.

Guruhdan chiqish imkoniyati? Chindanam, hammasi endi bizning qo‘limizda emas. Endi so‘nggi turni kutamiz, hammasi oxirgi turda hal bo‘ladi.

Vadim Abramov so‘nggi o‘yinlarda juda asabiylashdi, sog‘lig‘idagi muammo sabab matbuot anjumanida o‘rniga men qatnashyapman.

Vazifa o‘zgarmaydi, muammo borligi ma’lum, o‘ynash kerak va guruhdan keyingi bosqichga chiqish kerak.

Tarkibimizdan ikki futbolchining JCH-2026ga borishi mumkinligi qolgan futbolchilarimizni albatta ruhlantiradi. Misol uchun, O‘rmonjonov va Abdurahmonov ham olimpiya jamoasiga chaqirilib kelmoqda, bu xursand qiladi, - deydi Marat Miftaxutdinov o‘yindan keyin.

Manba: https://t.me/FCDinamo1960
Kiritildi: 22:45, 15.05.2026.
O'qildi: 460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик