Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mirko Yelichich: “Menimcha hali bizda imkoniyat bor”

Mirko Yelichich: “Menimcha hali bizda imkoniyat bor”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Dinamo” bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich o‘z fikrlarini bildirdi.

“Jonajon stadionimizga qaytish yoqimli. Uzoq yillar davomida bu yerda chiroyli o‘yinlar o‘tkazganmiz. Futbolchilar ham shuni his qilib turishdi. O‘z navbatida bugun muxlislik uchun kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Bu ham jamoaga kuch beradi. Oldindanoq o‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Bunday hisobdagi durang bo‘lgan o‘yinlarning katta qismi, asosan, ochiq va hujumkor bo‘ladi va bugun ham shunday o‘yinni ko‘rdik.

- "Dinamo"ning "qotili" Temurxo‘ja Abduholiqov bugun nega o‘ynamadi?
- Unda kichik jarohat bor. To‘liqligicha tuzalmaguncha uni xavf ostiga qo‘ya olmaymiz. "Lochin"ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotda jarohat oldi va shu sababli o‘sha o‘yinda umuman o‘ynamadi. Bunday jarohatlarni tezda davolab bo‘lmaydi, biroz vaqt kerak.

- "Lokomotiv" 1-turda mag‘lub bo‘ldi va mana endi durang o‘ynadi. Jamoa kubokda uzoqroqqa borishni istaydimi?
- Istalgan jamoa uzoqroqqa borishni istasa kerak. Biz ham shuni o‘ylayapmiz. "Lochin"ga qarshi o‘yinda o‘z sifatimizni ko‘rsata olmadik. Balki biroz bo‘shashgandirmiz. Bu jamoa juda zo‘r o‘yin namoyish qildi. Umuman olganda Proliganing barcha jamoalari kubokda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ularga qarshi oson o‘yinning o‘zi bo‘layotgani yo‘q. Bugungi ochko yetarli bo‘ladimi, yo‘qmi, bilmayman. Menimcha hali bizda imkoniyatlar bor”, - dedi Yelichich.

Manba: https://t.me/LokomotivUzb
Kiritildi: 23:30, 15.05.2026.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик