Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Islom Ahmedov: «Bizda ikkita teng optimal tarkib shakllanib boryapti»

Islom Ahmedov: «Bizda ikkita teng optimal tarkib shakllanib boryapti»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Kubogi 1-tur doirasidagi “Sho‘rtan” – “Andijon” (1:3) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.

- Bugungi g‘alaba bilan “Andijon” muxlislarini chin qalbimizdan tabriklaymiz. Qolaversa, futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishgani uchun ularga ham kattakon rahmat aytamiz. O‘yinga keladigan bo‘lsak, Asror aka Aliqulovni anchadan beri bilamiz. Doimiy ravishda yaxshi jamoa shakllantirib kelgan. “Sho‘rtan” jamoasini ham o‘yinini ko‘rib tahlil qilganimizda yaxshi shakllanganini va bizga oson bo‘lmasligini bilgandik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Bizda jismoniy tayyorgarlik emas, balki ruhiy tomonlama tayyorgarlik borasida biroz qiyin bo‘ldi. Sababi, baribir xohlaymizmi-yo‘qmi, ketma-ket g‘alabalardan keyin futbolchilarimizda biroz eyforiyaga berilish holatlari bo‘ldi. Lekin vaqtida tushuntirib, ular bilan gaplashdik. O‘zlariga kelib olishdi va yaxshi o‘yin ko‘rsatdilar. Yakunda g‘alaba qozondik.

- Nega Dragan Cheranning xizmatidan foydalanmadingiz?

- Cherandan foydalanmoqchi edik. O‘yinning boshlanish vaqti 18:00 ga belgilangani uchun issiq havoda qiynamaylikda, ikkinchi taymda o‘yinni kuchaytirgani tushirishni reja qilgandik. Biroq ikkinchi bo‘limda “Sho‘rtan” gol urib qo‘yganidan keyin rejalarimiz o‘zgarib ketdi.

- Jamoangizning kiritilgan birinchi goliga nima deya olasiz? To‘p autdan to‘g‘ri kiritildimi?

- Bu o‘yinni bir qismi. Faqat bizning jamoada bo‘ladigan holat emas. Masalan, boshqa jamoalarda ham shunaqa, “Sho‘rtan”da ham gol shunday holatda kiritildi. Buni jiddiy qoidabuzarlik deb bo‘lmaydi. Vaqti kelsa, jarima to‘plarini ham o‘z joyidan tepishmaydi, siljitishadi. Bu qo‘pol xato emas.

- Zaxiradan maydonga tushganlar ko‘rsatmalaringizni to‘liq amalga oshirib bera oldilarmi?

- Albatta. Jamoamizda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar har safar o‘yinimizga temp qo‘shishyapti. Hujumkorlikni oshirishyapti va shu bilan natijaga erishib kelyapmiz. Ularni zaxira o‘yinchilari demagan bo‘lardik. Xudoga shukr, bizda ikkita teng optimal tarkib shakllanib boryapti. Shuning uchun har bir uchrashuvda qo‘rqmasdan rotasiyalarga qo‘l uryapmiz.

- Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan guruhda “Nasaf”ni yetakchi deb hisoblaysizmi?

- Yetakchi? Oldindan kim yetakchi bo‘ladi, deb qaramaymiz. Lekin biz ham iloji boricha yetakchilik qilishga va ko‘zlangan o‘rinni biz egallashga harakat qilamiz.

- Dastlabki ikkita golga “Sho‘rtan”ning sobiq futbolchilari – Po‘latxo‘ja Xoldorxonov bilan Odil Abdumajidov mualliflik qildilar. Bu holatni kutganmidingiz? Shuningdek, Azizbek Turg‘unboyevning terma jamoaga chaqirilmaganiga munosabatingiz qanday?

- Ochig‘i, ko‘p ham bunday narsalarga e’tibor bermaymiz. Ya’ni, eski yoki yangi jamoasi degan tushunchalarga e’tibor qaratilmaydi. Bugungi kunda kim tayyor, kim optimal holatda, shularni asosiy tarkibda tushiramiz. Ularni plyus tomoni ushbu klubda o‘ynab ketishgan va qayerdadir o‘zlarini erkinroq tutib, yakuniy pallalarda hal qiluvchi zarbalarni berishlari mumkin. Ya’ni, raqibni ojiz tomonlarini yaxshi bilishlari mumkin. Ikkinchi savolga kelsak, Azizbek Turg‘unboyev zo‘r futbolchi. Hamma uni qanaqa kuchga va qanaqa iqtidorga ega ekanligini biladi. O‘zbekiston terma jamoamizni jahon chempionatiga chiqishida juda katta yordam bergan. Bu yerda jarohat sababli ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Terma jamoa murabbiyini bo‘ynida katta mas’uliyat turibdi. Bu ularning tanlovi. Lekin Turg‘unboyevni ham terma jamoaga chaqirishlarini, yana imkoniyat berishlarini juda ham xohlardik", - dedi Ahmedov.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:47, 15.05.2026.
O'qildi: 217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик