Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar uch yillik tanaffusdan so‘ng Braziliya tarkibida JCH-2026 ga boradi

Neymar uch yillik tanaffusdan so‘ng Braziliya tarkibida JCH-2026 ga boradi

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatiga boradigan ko‘rinadi. Karlo Anchelotti 34 yoshli futbolchini mundialning yakuniy qaydnomasiga kiritishga qaror qilgani haqidagi ma’lumotlar shu kunlarda paydo bo‘ldi.

Bu xabarni UOL Esporte portali vakili, taniqli braziliyalik jurnalist Lukas Musetti ham tasdiqladi: «Ha, bu 100 foizga tasdiqlandi, Neymar Jahon chempionatiga boradi», — dedi manba. Karlo Anchelotti terma jamoa qaydnomasini 18 may kuni e’lon qiladi.

Neymar milliy jamoa safida deyarli uch yildan beri — 2023 yilning kuzidan buyon o‘ynamagan edi. Bo‘lajak Jahon chempionati uning faoliyatidagi oxirgisi bo‘lishi katta ehtimol. Braziliya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 11:41, 16.05.2026.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик