Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Xabi Alonso “CHelsi” bilan kelishuvga erishdi — Romano

Xabi Alonso “CHelsi” bilan kelishuvga erishdi — Romano

Baho:
+2 | -

Xabi Alonso “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozi bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, kelishuv tez orada to‘liq yakunlanadi. “Chelsi” yaqin kunlarda rasmiy e’lonni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Alonso klub rahbariyatiga allaqachon “ha” deb javob bergan.

Avvalroq, Xabi Alonsodan tashqari, “aristokratlar”ning potensial nomzodlari ro‘yxatidan quyidagi mutaxassislar ham joy olgan edi:

Andoni Iraola (“Bornmut”)
Oliver Glasner (“Kristal Pelas”)
Marku Silva (“Fulhem”)

Xabi Alonsoning murabbiylik faoliyatidagi oxirgi jamoasi Madridning “Real” klubi bo‘lgan. U madridliklarni 2025 yilning iyunidan 2026 yilning 12 yanvariga qadar boshqargan. Ushbu davr mobaynida Alonso qo‘l ostida jamoa 28 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta g‘alaba, 3 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Uning boshqaruvida “qaymoqranglilar” “PSJ”, “Atletiko”, “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan.

44 yoshli mutaxassis bunga qadar, ya’ni 2022 yilning oktyabridan boshlab Germaniyaning “Bayer” klubini boshqargan edi. Uning qo‘l ostida Leverkuzen klubi o‘z tarixida ilk bor (shuningdek, biror marta mag‘lub bo‘lmasdan) Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoa Germaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchdi hamda Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borib, Italiyaning “Atalanta” jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:3).

Futbolchilik faoliyatidagi yutuqlari
Alonso futbolchi sifatida Angliyaning “Liverpul”, Germaniyaning “Bavariya”, Ispaniyaning “Real Sosedad”, “Eybar” va “Real Madrid” klublarida to‘p surgan:

“Real Madrid” tarkibida: Ispaniya chempioni, ikki karra mamlakat Kubogi sohibi, Ispaniya Superkubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibi.

“Bavariya” tarkibida: uch karra Germaniya chempioni, bir martadan mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibi.

“Liverpul” tarkibida: Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi va UYEFA Superkubogi g‘olibi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:56, 16.05.2026.
O'qildi: 1431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик