Kirish Ro'yxatdan o'tish

Stouns: «Gvardiolani hech qachon tanaffusdagidek g‘azablangan holatda ko‘rmagandim»

Stouns: «Gvardiolani hech qachon tanaffusdagidek g‘azablangan holatda ko‘rmagandim»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Jon Stouns Angliya Kubogi finali doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan o‘yinning (1:0) tanaffus vaqtida bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoani ikkinchi bo‘limga qanday ruhlantirgani haqida gapirib berdi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng tabloda 0:0 hisobi qayd etilib turgan edi. Final taqdirini 71-daqiqada Antuan Semenyo tomonidan kiritilgan gol hal qildi va «ko‘klar» bunga javob qaytara olishmadi.

«To‘g‘risini aytsam, murabbiy tanaffusda juda g‘azablangan edi. Men uni hech qachon bunchalik mahzun va achchiqlangan holatda ko‘rmagandim, lekin bu uning ishtiyoqi — u bizdan xohish namoyish etishimizni va g‘alaba qozonishimizni istadi. U birinchi bo‘limda juda sust harakat qilganimizni aytdi. Gap yugurishga, pressing qilishga va raqibni noqulay ahvolga solishga tayyorlik haqida ketayotgan edi. Pep bizdan jangovar ruh va g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlikni ko‘rsatishimizni talab qildi», — dedi Stouns TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola «Manchester Siti»dagi o‘n yillik faoliyati davomida o‘zining 20-sovrinini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 12:12, 17.05.2026.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик