Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" "MYU" va "PSJ" nishonga olgan portugaliyalik iste’dodni ilib ketmoqchi

"Arsenal" "MYU" va "PSJ" nishonga olgan portugaliyalik iste’dodni ilib ketmoqchi

Baho:
+ | -

"Vest Xem" jamoasi yarim himoyachisi Mateush Fernandesh Londonning boshqa bir klubi — "Arsenal"ning asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur xabar tarqatmoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "kanonirlar" rahbariyati 21 yoshli portugaliyalik iqtidor sohibini jamoada kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayotgan Kristian Norgorga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Agar ingliz matbuotidagi mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, "bolg‘achilar" o‘z yulduzini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas va uning sotuvidan kamida 100 million yevro ishlab olishni rejalashtirishmoqda.

Bundan tashqari, yosh xavbek uchun kurashda faqatgina "Arsenal" emas, balki Yevropaning grand klublari — "PSJ", Madridning "Atletiko" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Mateush Fernandesh joriy mavsumda "Vest Xem" libosida barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi. 

Kiritildi: 16:37, 17.05.2026.
O'qildi: 998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик