Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kerrik: «MYU» albatta o‘z hayotini qiyinlashtirishi kerak»

Kerrik: «MYU» albatta o‘z hayotini qiyinlashtirishi kerak»

Baho:
+ | -

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» va «Nottingem Forest» (3:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng «Old Trafford»ga tashrif buyurgan muxlislarga murojaat qildi.

«Uydagi mavsumni yakunlash uchun ajoyib usul! Qanday o‘yin! Biz buni yaxshi ko‘ramiz. Biz albatta o‘z hayotimizni qiyinlashtirishimiz kerak! Hamma narsani zavqli va hayajonli qilishimiz shart va menimcha, bugun biz shunchaki ajoyib o‘ynadik.

Men futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Hammaga aytaman: bu juda yaxshi jamoa. Ha, biz bu yerda futbol va natija uchun yig‘ilganmiz, lekin bu futbolchilar, shu bilan birga, juda yaxshi insonlar hamdir va menimcha, bu muhim. Ayniqsa, ushbu klubda. Biz bir-birimiz uchun fidoyilik qilamiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz va futbolchilar muvaffaqiyatga erishishni juda ham istashadi», — dedi Kerrik murabbiylar shtabiga ham minnatdorchilik bildirar ekan.

Kiritildi: 19:34, 17.05.2026.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик