Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro "Old Trafford"da muxlislar bilan xayrlashdi

Kazemiro "Old Trafford"da muxlislar bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Kazemiro «Old Trafford»dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi, chunki braziliyalik futbolchi mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etadi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan va «Nottingem Forest» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda Kazemiro bahs tugashiga oz qolganda zaxiraga olindi. Muxlislar braziliyalik futbolchini gulduros qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi.

«Futbolchilarga rahmat, shtabga rahmat, barchaga rahmat. Ammo bu klubdagi eng yaxshi narsa — bu siz, aziz muxlislarsiz. Rahmat», — deya Kazemironing so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

Kazemiro to‘rt yil davomida «Manchester Yunayted» safida 160 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va jamoadoshlariga 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni naqd qilib ulgurgan.

Kiritildi: 19:38, 17.05.2026.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик