Kirish Ro'yxatdan o'tish

Erediviziya. NEK «Tvente»ni ortda qoldirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini ilib ketdi

Erediviziya. NEK «Tvente»ni ortda qoldirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini ilib ketdi

Baho:
+ | -

Niderlandiya chempionatining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Tvente» yirik — 1:5 hisobida PSVga imkoniyatni boy berdi, NEK esa «Gou Exed Igls» ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Ushbu natijalardan so‘ng, NEK (59 ochko) «Tvente»ni (58 ochko) ortda qoldirgan holda, Erediviziya turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa, NEK klubi Chempionlar ligasi saralashi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Neymegen shahri jamoasi qit’aning eng nufuzli klublar turniridagi yurishini 2026/2027 yilgi mavsumda uchinchi saralash bosqichidan boshlaydi.

Kuchli uchlikdan tushib ketgan «Tvente» esa Yevropa ligasi saralash bosqichi yo‘llanmasi bilan kifoyalandi. Qo‘shimcha qilish joizki, Niderlandiya chempionatida dastlabki ikki o‘rinni band etgan PSV va «Feyenoord» jamoalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chempionlar ligasining umumiy (asosiy) bosqichiga yo‘l olishdi.

Kiritildi: 19:57, 17.05.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик