Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Robert Levandovski so‘nggi uy uchrashuvidan keyin «Barselona» muxlislariga murojaat qildi

Robert Levandovski so‘nggi uy uchrashuvidan keyin «Barselona» muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya La Ligasining 37-turida «Betis»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» muxlislariga murojaat qildi. Bahs «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu polshalik futbolchisi uchun kataloniyaliklar safidagi so‘nggi uy uchrashuvi bo‘ldi.

«Men uchun bu juda hissiy va juda og‘ir kun. “Barselona”ga kelganimda, bu klub buyuk ekanini bilardim, ammo sizning mehringiz uni yanada ajoyib qildi. Ilk kundanoq o‘zimni uydagidek his qildim. Ismimni aytib hayqirganingizni hech qachon unutmayman. Jamoadoshlarimga, murabbiylarga va barcha xodimlarga rahmat. Bu klubda o‘ynash men uchun sharaf bo‘ldi.

Bu to‘rt yil ichida biz ko‘plab ajoyib lahzalarni boshdan kechirdik va birgalikda erishgan yutuqlarimiz bilan faxrlanaman. Men stadion bilan xayrlashyapman, ammo “Barselona” abadiy yuragimda qoladi. Katta rahmat, muxlislar. Bir marta “Barsa” muxlisi bo‘lsangiz, doim “Barsa” muxlisi bo‘lib qolasiz. Visca el Barça va Visca Catalunya!» — dedi Levandovski AS nashriga bergan intervyusida.

Levandovski «Barselona»ga 2022 yil yozida ko‘chib o‘tgan edi. Shu vaqt davomida 37 yoshli forvard barcha turnirlarda 191 ta uchrashuvda ishtirok etib, 119 ta gol va 24 ta assist qayd etdi. Levandovski kataloniyaliklar bilan uch marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, uch marta mamlakat Superkubogini va bir marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:22, 18.05.2026.
O'qildi: 336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик