Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ahror Ravshanbekov: “YAponiya bilan o‘yinda ham dubl yoki xet-trik qilishga harakat qilaman”

Ahror Ravshanbekov: “YAponiya bilan o‘yinda ham dubl yoki xet-trik qilishga harakat qilaman”

Baho:
+ | -

U17 Osiyo Kubogida qatnashayotgan O‘zbekiston U17 terma jamoamiz jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan bir qatorda musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Kuni kecha chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va penaltilar seriyasida vakillarimiz g‘olib chiqdi hamda yarim finalga yo‘l oldi. Endi finalga chiqish uchun Yaponiyaga qarshi bellashamiz.

Terma jamoamiz tarkibida «Andijon» jamoamiz futbolchisi Ahror Ravshanbekov ham ishtirok etyapti va u barchaning ishonchini qozonmoqda. Koreyaga qarshi o‘yinda u ikkita gol urdi. Hozirgacha 4 ta gol muallifiga aylangan Ravshanbekovning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi katta.

«Andijon» klubi matbuot xizmati esa Ahror bilan bog‘landi va undan intervyu oldi.

— Ahror, avvalo, ajoyib o‘yin bilan tabriklayman. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindan qanday taassurotlar qoldi?

— O‘yinda g‘alaba qozonishimizga ishongandik. Albatta, yutganimizdan juda xursand bo‘ldik. Endi yarim finalda Yaponiya bilan o‘tadigan uchrashuvga “nastroy” qilyapmiz.

— Siz uchrashuvda dublga erishdingiz va o‘zingizni ko‘rsata oldingiz. Ikkita gol urishingizni kutganmidingiz? Bu haqida nima deya olasiz?

— Bu chempionatdagi maqsadim to‘purar bo‘lish. Aslida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda xet-trik qilish maqsadim bor edi. Mayli, ikkita gol urish yozilgan ekan, ikkita to‘p kiritdim.

— Musobaqa davomida adashmasam gollaringiz 4 taga yetdi va to‘purar bo‘lib turibsiz. Asosiy maqsadingiz ham aynan to‘purarlikmi yoki omad kelyaptimi? Yana nechta gol urmoqchisiz?
— Gollarim soni 4 taga yetdi. Oldimizda yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ushbu o‘yinda ham dubl yoki xet-trik qilishga harakat qilaman. Faqat omad bilan bog‘liq emas. Men o‘z oldimga maqsad qo‘yganman va shuning uchun qattiq mehnat va harakat qilyapman.

— Yarim finalda endi Yaponiya turibdi. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik qanday olib borilyapti va nima kutyapsiz?
— Yaponiyaga qarshi o‘yinga 100 foiz tayyormiz. Murabbiylarimizning ko‘rsatmalari bilan Xudo xohlasa g‘alaba qozonib, finalga chiqamiz. Boya aytganimdek, bo‘lajak o‘yinda ham o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsatib, 2-3 ta gol urish maqsadim bor.

— Jahon chempionati yo‘llanmasi ham qo‘lga kiritildi. O‘shanda nimalarni his qildingiz?
— Albatta, jahon chempionatiga chiqqanimizdan baxtiyormiz. Lekin bizning maqsadimiz shu bilan tugamagan. Osiyo Kubogida finalga chiqib, chempionlikni qo‘lga kiritish asosiy vazifamiz.

— Barcha muxlislar va shu jumladan Andijon xalqi ham kuzatib, qo‘llab-quvvatlashmoqda. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindan keyin ilk tabriklarni kimdan oldingiz?
— Avvalo, ota-onam tabriklashdi. Amakimlarim, do‘stlarim, oshna-og‘aynilarimdan tabriklar keldi.

— Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgach, jamoadagi ishtiyoq va shijoat yanada ko‘tarilgandir-a?
— Albatta, jamoamizning o‘ziga ishonchi ancha oshdi. Koreyaga qarshi o‘yindan keyin ham o‘zimizga bo‘lgan ishonch yanada kuchaygan. Xudo xohlasa, Yaponiyani yutsak va maqsadimizga erishsak, Osiyoda eng zo‘ri bo‘lamiz.

— Odatda chorak final yarim finaldan og‘ir bo‘ladi, deyishadi. Shu fikrga qo‘shilasizmi?
— Albatta, o‘ziga yarasha qiyin bo‘ladi. Chorak final ham, yarim final ham finalga teng o‘yinlar. Buning ustiga raqiblarimiz kuchli edi. Janubiy Koreya ham ana shundaylardan biri edi. Yaponiya bilan ham qiyin o‘yin bo‘ladi. Bo‘lajak raqibimiz yaxshi formada kelgan, jamoasi zo‘r.

— Yarim finalda ham omad tilaymiz.
— Rahmat.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:56, 18.05.2026.
O'qildi: 586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик