Kirish Ro'yxatdan o'tish

Muhammad Saloh qaysi holatda «Liverpul»dan ketmasligi ma’lum bo‘ldi

Muhammad Saloh qaysi holatda «Liverpul»dan ketmasligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh klubni tark etish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin edi. Mart oyi oxirida misrlik futbolchi mavsum yakunida klubdan ketishini e’lon qilgandi.

Jurnalist Saymon Xyuzning Muhammadning atrofidagi insonlarga tayanib xabar berishicha, 33 yoshli forvard bosh murabbiy Arne Slot va rahbariyat iste’foga chiqarilgan taqdirda klubda qolishga tayyor bo‘lardi. Biroq bunday voqealar rivojining ehtimoli deyarli yo‘q. Salohning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, ammo «qizillar» kelayotgan yozda uning erkin agent sifatida ketishiga ruxsat berishadi.

Joriy mavsumda futbolchi 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. U 2017 yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 09:23, 18.05.2026.
O'qildi: 3529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик