Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pedri Adidas bilan ko‘p yillik va o‘ta serdaromad shartnoma imzoladi

Pedri Adidas bilan ko‘p yillik va o‘ta serdaromad shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Pedri Adidas kompaniyasi bilan yangi, o‘ta serdaromad shartnoma imzoladi. Kelishuv to‘rt yilga — 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. To‘g‘ri, shartnoma qiymati oshkor etilmayapti, biroq Pedrining millionlab daromad olishiga shubha yo‘q.

Chunki «Barsa» futbolchisi yaqindagina Germaniya terma jamoasidek mijozidan ayrilgan sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi nemis gigantining keyingi reklama kampaniyalarida asosiy yuzlardan biriga aylanadi.

Aytgancha, «Barselona»ning Nike bilan amaldagi reklama shartnomasi va futbolchilarning shaxsiy kelishuvlari o‘zaro qanday muvofiqlashtirilishi to‘liq tushunarli emas, biroq, aftidan, bir vaqtning o‘zida ikkita yirik brenddan baravar foyda ko‘rish yo‘llari allaqachon o‘ylab topilgan.

Kiritildi: 12:31, 18.05.2026.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик