Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiyadan 2026/2027 yilgi Yevrokuboklar ishtirokchilari aniqlandi

Fransiyadan 2026/2027 yilgi Yevrokuboklar ishtirokchilari aniqlandi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni, 17 may kuni Fransiya Liga 1 ning 2025/2026 yilgi mavsumi so‘nggi turi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 34-tur yakunlariga ko‘ra, keyingi 2026/2027 yilgi mavsumda Fransiya sharafini UYEFA Chempionlar Ligasi, UYEFA Yevropa Ligasi va UYEFA Konferensiyalar Ligasida himoya qiladigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Qit’aning eng nufuzli klublar turniri — Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga mamlakat chempioni «PSJ» hamda ichki birinchilik sovrindorlari bo‘lmish «Lans» va «Lill» klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Lion» esa turnirni uchinchi kvalifikasiya (saralash) bosqichidan boshlaydi.

Yevropa Ligasida «Marsel» klubi ishtirok etadi. Fransiya chempionatini oltinchi o‘rinda yakunlagan «Renn» esa Konferensiyalar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fransiyada futbol mavsumi 22 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Lans» va «Nissa» jamoalari o‘rtasidagi mamlakat Kubogi finali bilan yakuniga yetadi.

Kiritildi: 16:43, 18.05.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик