«Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Radio MARCA nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Kataloniyaning «Barselona» klubi argentinalik forvardni sotib olish fikridan voz kechishga majbur bo‘lmoqda. Bunga klubdagi moliyaviy cheklovlar va «Atletiko» tomonidan futbolchi uchun belgilangan yuqori transfer bahosi (120 million yevro atrofidagi mablag‘) sabab bo‘lgan. «Ko‘k-anorranglilar» ayni damda bunday yirik bitimni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ga ega emas.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Xulian Alvaresning o‘zi ham voqealar rivojining bunday tus olishidan xabardor va transfer bozorida jiddiy qiziqish bildirayotgan Parijning «PSJ» klubiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Liga 1 grandi futbolchi uchun katta miqdorda mablag‘ sarflashga tayyor.













