Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Xabi Alonso "Chelsi"ga eski hamkasblarini olib keladi

Xabi Alonso "Chelsi"ga eski hamkasblarini olib keladi

Baho:
+3 | -

Londonning «Chelsi» klubi yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoada masshtabli qayta qurishni boshlash arafasida. Ispaniyalik mutaxassis o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan xodimlardan iborat yangi murabbiylar shtabini shakllantirish niyatida. Bu haqda nufuzli talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Alonsoning shtabidan Madridning «Real» klubi tizimida u bilan birga faoliyat olib borgan bir qator mutaxassislar joy oladi. Ular orasida assistent Sebastyan Parrilya, murabbiylar Alberto Ensinas va Benyat Labayen, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Ismael Kamenforte Lopes bor.

Qayd etilishica, Parrilya Alonsoning uzoq yillik maslahatchisi hisoblanib, u bilan «Real» akademiyasidagi murabbiylik faoliyatining ilk kunlaridan buyon birga ishlab kelmoqda. Ensinas ilgari «Barselona» akademiyasida faoliyat yuritgan bo‘lsa, Labayen Madrid klubi tizimi va yoshlar jamoalarida tajriba to‘plagan.

Shu bilan birga, Xabi Alonso «Chelsi»ning amaldagi xodimlaridan bir qismini saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Ular orasida vaqtinchalik bosh murabbiy Kalum Makfarleyn, standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy Bernardo Kueva va darvozabonlar murabbiyi Ben Roberts bor.

Kiritildi: 17:23, 18.05.2026.
O'qildi: 1896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик