Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo «Real»ga qaytsa, kim uning yordamchisi bo‘ladi? Joze uch nafar nomzoddan birini tanlashi kerak

Mourinyo «Real»ga qaytsa, kim uning yordamchisi bo‘ladi? Joze uch nafar nomzoddan birini tanlashi kerak

Baho:
+2 | -

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo, agar Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga tayinlansa, o‘z yonida kimni yordamchi sifatida ko‘rishni xohlayotgani haqida bosh qotirmoqda. Bu haqda Ok Diario nashri xabar bermoqda.

Avvalroq yozilganidek, birinchi raqamli nomzod sifatida «qaymoqranglilar» tarkibida hujumchi o‘laroq ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan Raul Gonsales Blanko ko‘rilmoqda. Biroq uning klub rahbariyati bilan munosabatlari murakkab ekani fonida jamoaga qaytishi amrimahol bo‘lib turibdi.

Muqobil nomzodlar sifatida Toni Kroos va Diyego Lopes ism-shariflari tilga olinmoqda. Ular ham o‘z vaqtida «Real» sharafini himoya qilishgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, Toni Kroosning «Real» tizimida ish boshlashi haqidagi gap-so‘zlar Mourinyoning kelishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lishidan oldin ham mavjud edi.

Kiritildi: 19:15, 18.05.2026.
O'qildi: 5198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик