Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Milliarder Enrike «Real» prezidentligi uchun kurashda Florentino Peresga raqiblik qiladi

Milliarder Enrike «Real» prezidentligi uchun kurashda Florentino Peresga raqiblik qiladi

Baho:
+1 | -

Florentino Peresning «Real» prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovlarda baribir raqibi paydo bo‘ladigan ko‘rinadi.

El Confidencial nashrining xabar berishicha, «Cox Energy» energetika kompaniyasi rahbari Enrike Rikelme, klubning amaldagi rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan ko‘plab to‘siqlarga qaramay, o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilgan.

Biznesmenning fikricha, ketma-ket ikkita muvaffaqiyatsiz mavsum va obro‘ inqirozidan so‘ng «Real»ga muqobil yo‘l kerak. Yaqinlari Rikelmeni g‘alaba qozonish imkoniyati past ekanligidan ogohlantirishgan bo‘lsa-da, u baribir rahbarlik lavozimi uchun kurashishi shart degan xulosaga keldi.

Tadbirkor allaqachon bir nechta banklardan kafolat olishga ulgurgan — ular biznesmenga 194 million yevro taqdim etish majburiyatini bo‘yinlariga olishgan. Ma’lumot uchun, Peresning o‘zi bunday kafolatni taqdim etishga majbur emas.

Rikelme saylovda yana bir qator cheklovlarga duch keladi. Ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlardan ko‘zlangan maqsad — saylovlarni raqobatsiz (ya’ni faqat bir kishi ishtirokida) o‘tkazishdir. Masalan, nomzod kampaniyada ishtirok etish niyati haqida rasmiy muddat tugashidan ikki kun oldin (23 may emas, balki 21 may kuni) klubni xabardor qilishi kerak. Bundan tashqari, unga klub a’zolarining (sosyos) ro‘yxati berilmaydi, demak u saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lana olmaydi. Targ‘ibot materiallarini tarqatish bilan esa «Real» klubining o‘zi shug‘ullanadi.

Kiritildi: 22:23, 18.05.2026.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик