«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumani chog‘ida klubdan ehtimoliy ketishi haqidagi savolga o‘ziga xos tarzda munosabat bildirdi.
— Agar aniq ketishingizni bilsangiz, klub bilan xayrlashuvingiz qanday bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
— (xo‘rsinadi) Keyingisi!
Men buni allaqachon ko‘p marta aytganman: mening shartnomam bo‘yicha yana bir yil bor! — dedi Gvardiola.
Xosep Gvardiola «Manchester Siti» bilan olti marta Angliya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u uch marta Angliya Kubogi, besh marta Angliya Liga kubogi va uch marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Xalqaro maydonda esa ispaniyalik mutaxassis klubni Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alabaga olib chiqqan.
Bundan tashqari, Gvardiola "Barselona" va "Bavariya" klublarida ham ishlab, ko‘plab sovrinlarga erishgan.













