«Marsel»ni tark etayotgan Mehdi Benatia yakunlangan mavsum haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning hisoblashicha, klub uchun bu yilgi kampaniya juda yomon o‘tdi. «Marsel» Chempionlar ligasi hududiga kira olmadi va kelasi mavsumda ancha kam nufuzli va kamroq daromad keltiradigan Yevropa Ligasida ishtirok etishga majbur bo‘ladi.
«Biz aslida dahshatli deb atash mumkin bo‘lgan mavsumni munosib yakunladik. Afsuslar juda ko‘p. Yakunda kuchli uchlikka juda yaqin keldik. Biz juda beqaror edik. Agar ishga bo‘lgan munosabatimiz «Lans»dagidek bo‘lganida, hammasi boshqacha bo‘lardi», — deya Benatianing so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Ma’lumot uchun, «Marsel» oxirgi marta 2010 yilda Fransiya chempioni bo‘lgan edi.













