«Real» vingeri Vinisius Junior JCH-2026 uchun tarkibga kiritilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 25 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasining bo‘lajak turnir uchun yakuniy qaydnomasidan joy oldi.
«Ilgari San-Gonsaluda yalangoyoq to‘p tepgan o‘sha bolakay qaytdi. Jahon chempionati — har qanday futbolchi faoliyatining cho‘qqisidir, men esa o‘z faoliyatimdagi ikkinchi mundialga yo‘l olmoqdaman.
Eng yaxshi 26 nafar futbolchi qatoridan joy olish uchun uch yarim yil tinimsiz mehnat qilish talab etildi. Bu oson bo‘lmadi. Ishonch uchun murabbiyga, doimiy qo‘llab-quvvatlaganlari uchun oilam va muxlislarga rahmat aytaman.
OLG‘A, BIRGALIKDA!!! Biz — Braziliyamiz va mamlakatimizga quvonch ulashish uchun bor kuchimizni beramiz.
Bu galgi tarix boshqacha bo‘lsin!!! Jamoamizga ishoning!!! Orzu yashamoqda!» — deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.













