«Bernli» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Jekson APL doirasidagi o‘yinning 67-daqiqasida Kay Xaverts tomonidan Lesli Ugochukvuga ishlatilgan qo‘pollik uchun futbolchi maydondan chetlatilishi kerak edi, deb hisoblaydi.
Uchrashuv bosh hakami Pol Tirni «Arsenal» o‘yinchisiga faqat sariq kartochka ko‘rsatgan edi.

«Bugungi futbolda bu — qizil kartochka, chunki bu xavfli vaziyat edi. U jarohat yetkazishi mumkin edi. Agar u chetlatilganda, raqib 10 yoki 20 daqiqa kamchilik bo‘lib o‘ynardi, biz esa hali o‘yinda edik. Imkonimiz boricha kurashdik.
Bu ba’zida bizning foydamizga hal bo‘lmaydigan muhim qarorlardan biri. Butun mavsum davomida bu borada omadimiz kelmayapti», — dedi Jekson.













