«Manchester Siti» Pep Gvardiola nomini abadiylashtirishga qaror qildi. Dushanba kuni bosh murabbiyning mavsum yakunida jamoani tark etish ehtimoli juda yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.
ESPN xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis sharafiga «Etixad Stedium»dagi tribunalardan biri nomlanadi.
Gvardiola 2016 yildan beri «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa jami 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.













