Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Rodrigo Karvaxal bilan xayrlashdi

Rodrigo Karvaxal bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» vingeri Rodrigo jamoani tark etayotgan Daniel Karvaxalga xayrlashuv so‘zlarini yo‘lladi.

«Dani, sardor!

Bugun men uchun «Real Madrid»ga kelgan ilk kunimdan boshlab asosiy namuna bo‘lib kelgan insonlardan biri ketmoqda.

Shu yillar davomida biz bir kiyinish xonasini, sovrinlarni, unutilmas oqshomlarni va men umrbod saqlab qoladigan lahzalarni baham ko‘rdik.

Lekin qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarimizdan ham ko‘ra, men sening shaxsiyatingni va har kuni maydonda ham, uning tashqarisida ham ko‘rsatgan o‘rnagingni ko‘proq eslab qolaman.

Men uchun sen ushbu klub anglatadigan barcha fazilatlarni: fidoyilik, xarakter va haqiqiy madridizmni o‘zingda mukammal mujassam etgansan. Har bir maslahating uchun, har bir yordaming va birga o‘tkazilgan har bir lahza uchun rahmat, kapitan.

Seni juda sog‘inaman. Yangi bosqichda senga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman, afsona!» — deb yozdi Rodrigo.

Kiritildi: 09:22, 19.05.2026.
O'qildi: 287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик