Hujumchi Endrik 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini "Lion" klubida o‘tkazib, u yerda yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va tajriba to‘pladi. "To‘quvchilar" uchun mavsum yakunlandi va endi braziliyalik futbolchi "Real"ga qaytmoqda.
Taniqli jurnalist Fabrisio Romano o‘zining YouTube kanalidagi ko‘rsatuvida ma’lum qilishicha, "Real" rahbariyati keyingi mavsum rejalarini tuzishda Endrikni muhim futbolchi deb hisoblamoqda. Madrid klubi braziliyalik iqtidorga to‘liq ishonch bildirmoqda va uni boshqa ijaraga qo‘yib yubormoqchi emas.
Endrik "Real"ning bosh jamoasi safida jami 40 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 19 yoshli futbolchining shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













