Simone Indzagi "Al-Hilol" bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Birinchi navbatda, bunga rahbariyatning kutilgan natijani bermagan ba’zi transferlardan qoniqmagani sabab bo‘ladi. Ushbu futbolchilar aynan mutaxassisning talabi bilan sotib olingan edi.
Bundan tashqari, "Al-Hilol"da rahbariyat almashdi. Yangi xo‘jayinlar boshqa mutaxassisga ishonch bildirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Tuttomercatoweb nashri.
33 ta turdan so‘ng "Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "An-Nasr"dan ikki ochkoga ortda qolmoqda va hali ham chempionlik unvoni uchun imkoniyatlarini saqlab turibdi.













