Enso Mareska «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
Angliya klubi va 46 yoshli mutaxassis shartnoma borasida to‘liq og‘zaki kelishuvga erishishdi, bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Mareska «shaharliklar» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va klub boshqaruvida Pep Gvardiolaning o‘rnini egallaydi.
Italiyalik mutaxassis avvalroq «Chelsi»ni boshqargan bo‘lib, u yerda 2024 yilning iyulidan 2026 yilning yanvariga qadar faoliyat yuritgan edi. Shuningdek, Mareska 2022/23 yilgi mavsumda «Manchester Siti»da Gvardiolaning yordamchisi sifatida ham ishlagan.
Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.













