«Inter» 2026/27 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan uy formasini taqdim etdi. To‘plam Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va an’anaviy qora-ko‘k chiziqli uslubda ishlangan.

«Bu futbolka klub va Milan shahri o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalaydi hamda «Inter»ning an’anaviy o‘zligini moda va dizayn ilhomlantirgan zamonaviy nigoh orqali qayta talqin qiladi.

Yangi mavsumda Nike Milanning tikuvchilik mahorati va uning zamon tanlamas nafisligidan ilhom oldi va bu «Inter» tarixidagi eng mashhur forma to‘plamlariga ishoradir», — deyiladi klub press-relizida.













