Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Diasning «Real»dagi kelajagiga Mourinyoning kelishi ta’sir qilishi mumkin

Diasning «Real»dagi kelajagiga Mourinyoning kelishi ta’sir qilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» Braim Diasga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi «Real» yarim himoyachisini yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Aslida «byankonerilar» Bernardu Silva uchun kurashishni rejalashtirgan edi, biroq keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish kafolatlanmagani bu transferni ancha murakkablashtirib yubordi. Moliyaviy cheklovlar sababli Turin klubi boshqa variantlarga o‘tdi.

Braim Diasning shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning Madriddagi kelajagi ko‘p jihatdan Joze Mourinyoga bog‘liq bo‘lib turibdi. OAV portugaliyalik mutaxassisni «Real»ning navbatdagi bosh murabbiyi sifatida tilga olmoqda. Agar Mourinyo futbolchining ketishiga qarshi bo‘lmasa, klublar muzokaralarni boshlashi mumkin.

Joriy mavsumda 27 ta o‘yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:56, 19.05.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик