«Real» hujumchisi Endrik ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Braziliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilganiga munosabat bildirdi.
«Rahmat, Xudoyim, Sen ajoyibsan! Dunyoning eng yaxshi jamoasi bilan mening birinchi Jahon chempionatim, bu lahza uchun Xudoga faqat shukrona ayta olaman. Endi mamlakatimiz sharafini himoya qilish vaqti keldi! Keling, borimizni berib harakat qilaylik!» — deyiladi futbolchining postida.
Yakunlangan klub mavsumidagi 24 ta o‘yinda Endrik 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Karlo Anchelotti boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiya jamoalari bilan to‘qnash keladi.













