Pep Gvardiola «Manchester Siti» bosh murabbiyligi lavozimiga Enso Mareska nomzodini ma’qulladi.
Avvalroq, «Chelsi»da faoliyat yuritgan italiyalik mutaxassis «Siti»da Pepning o‘rnini egallashi va klub bilan uch yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘lgan edi.
talkSPORT nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z vaqtida Yoxan Kroyffdan saboq olgan va uning murabbiylik falsafasini rivojlantirgan Pep Manchester klubida o‘zidan keyin qoladigan merosini saqlab qolishdan manfaatdor. Shu sababli ham u ilgari o‘z murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan Mareskaning tayinlanishini qo‘llab-quvvatladi. Gvardiola hatto yangi murabbiy borasidagi qarorni qabul qilish jarayonida klub sport direktori Ugu Viana bilan birgalikda bevosita ishtirok etgan.













