Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

22 yillik tanaffusdan so‘ng: «Arsenal» o‘z tarixida 14-marta Angliyada tengsiz deb topildi

22 yillik tanaffusdan so‘ng: «Arsenal» o‘z tarixida 14-marta Angliyada tengsiz deb topildi

Baho:
+ | -

«Arsenal» klubi muddatidan oldin APL 2025/26 yilgi mavsumi chempioniga aylandi.

Seshanba, 19 may kuni turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» safarda «Bornmut» bilan durang o‘ynadi (1:1) va «kanonirlar»ga matematik jihatdan yetib olish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ldi.

Mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganda «Arsenal» 82 ochko bilan Premyer-liga peshqadami bo‘lib turibdi, «Manchester Siti» esa 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan.

Bu «Arsenal»ning o‘z tarixidagi 14-Angliya chempionligi bo‘ldi. Londonliklar 2003/04 yilgi mavsumdan buyon ilk bor APL g‘olibiga aylanishdi — o‘shanda «kanonirlar» Arsen Venger qo‘l ostida Premyer-liga doirasida birorta ham mag‘lubiyatga uchramay chempionlikni qo‘lga kiritishgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:33, 20.05.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик