Mikel Arteta «Arsenal»dagi ilk chempionligidan so‘ng jamoasiga murojaat qildi.
«Biz yana tarix yaratdik — birgalikda. Men ushbu futbol klubiga aloqador bo‘lgan barcha insonlar uchun aql bovar qilmas darajada baxtliman va ular bilan faxrlanaman. Keling, ushbu lahzalardan zavqlanaylik», – dedi Arteta titul qo‘lga kiritilganidan keyin «Arsenal» tomonidan e’lon qilingan videorolikda.













