Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Stouns «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati haqida gapirdi

Stouns «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Aprel oyining oxirida «Manchester Siti» markaziy himoyachi Jon Stouns joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini rasman e’lon qilgan edi. Futbolchining o‘zi «shaharliklar» libosidagi so‘nggi o‘yini oldidan o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Futbolda klublarni o‘zgartirish — sportning bir qismi, biroq bu yerda o‘tkazgan o‘n yilim davomida men haqiqiy do‘stlar orttirdim. Meni taniydigan insonlar bu klubni qanchalik yaxshi ko‘rganimni va hali ham yaxshi ko‘rishimni tushunishadi. «Villa»ga qarshi o‘yinda men xayrlashmayman, bu shunchaki: «Tezda ko‘rishguncha», degani bo‘ladi», — deya himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi The National News nashri.

Stouns ingliz klubi safiga 2016 yilda «Everton»dan o‘tgan edi. «Manchester Siti» tarkibida 31 yoshli himoyachi 294 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Seshanba kuni Stouns jamoasi safarda «Bornmut»ni mag‘lub eta olmadi (1:1) va bu natija «Arsenal»ning muddatidan oldin Angliya Premyer-ligasi chempioniga aylanishini ta’minladi.

Kiritildi: 18:03, 20.05.2026.
O'qildi: 112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик