«Manchester Yunayted» va APLning boshqa bir qator klublari «Xoffenxaym» yarim himoyachisi Bazumana Turega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Germaniya klubi o‘z futbolchisi bo‘yicha bir nechta so‘rovlar kelib tushganidan xabardor qilingan. «Xoffenxaym» Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmaganidan so‘ng, futbolchi bo‘lajak transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Transfer qiymati 50 million yevroga yetishi kutilmoqda. Agar u ushbu summaga sotilsa, bu kelishuv «Xoffenxaym» tarixidagi rekord qayd etadi.
Bazumana Ture Germaniya chempionatining 30 ta uchrashuvida 5 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirib, kuchli mavsumni o‘tkazdi. Uning tezligi va to‘g‘ri chiziqli o‘yin uslubi alohida qayd etilgan — jurnalistlarning baholashicha, u Yevropaning kuchli 5 ta ligasidagi eng tezkor futbolchilar qatoriga kiradi.













