Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Barselona» yozda transfer bozoridagi «1 ga 1» qoidasiga qaytadi

«Barselona» yozda transfer bozoridagi «1 ga 1» qoidasiga qaytadi

Baho:
+ | -

«Barselona» yozda yana «1 ga 1» qoidasiga qaytadi — endilikda klub yangi futbolchilar uchun xuddi transferlardan qancha daromad topgan bo‘lsa, shuncha mablag‘ sarflash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

La Liga direktori Xavyer Gomesning so‘zlariga ko‘ra, uchta muhim omil evaziga klubning ish haqi jamg‘armasi tarkib uchun belgilangan xarajatlar limitidan pastroq darajaga tushadi. Bular: VIP-lojalardan keladigan 70 million yevrodan sal ko‘proq miqdordagi daromad, «Kamp Nou» stadionida yangi tribunaning ochilishi hamda hujumchi Robert Levandovskining jamoadan ketishidir (bu «Barsa»ni uning katta miqdordagi maoshini to‘lash majburiyatidan xalos etadi).

Shuningdek, Gomes «blaugrana» uchun yangi homiylarni jalb etish imkoniyati borligini ham tilga oldi. Bu klub uchun yana bir daromad manbaiga aylanib, taqchillikni kamaytiradi va jamoaning odatiy tartibda faoliyat yuritishiga yo‘l ochadi.

Bundan tashqari, «Barselona» Ansu Fati uchun «Monako»dan 11 million yevro olishni mo‘ljallamoqda — ushbu mablag‘ o‘tgan mavsumni monegaskliklar safinda ijarada o‘tkazgan vingerni sotib olish huquqida ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 18:43, 20.05.2026.
O'qildi: 489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик