«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines Yevropa ligasi finali doirasidagi «Frayburg»ga qarshi o‘yindan oldingi chigagal yozish mashg‘uloti paytida barmog‘ini sindirib olgan, deya xabar bermoqda «The Telegraph» jurnalisti Mett Lou.
Ingliz klubi ushbu uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Chigagal yozish mashg‘ulotlari vaqtida Martinesda muammo yuzaga kelgani sezilgan edi, biroq vaziyat bu qadar jiddiy deb hech kim o‘ylamagandi. Argentinalik posbon jarohatiga qaramay butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi.













