Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Ruben Amorim «Benfika»ni boshqarishdan bosh tortdi

Ruben Amorim «Benfika»ni boshqarishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Ruben Amorim «Benfika» klubini boshqarmaydi. Lissabon klubi ayni damda «Real»ga qaytish arafasida turgan Joze Mourinyoga o‘rinbosar izlamoqda. «Burgutlar»ning nomzodlar ro‘yxatida Amorim asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olinayotgan edi, biroq bu mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Jurnalist Ben Jeykobsning A Bola nashriga tayanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted»ning sobiq ustozi Portugaliyaga qaytishga qiziqmayapti — u faoliyatini xorij chempionatlaridan birida davom ettirish niyatida. 41 yoshli mutaxassis bilan hech qanday muzokaralar olib borilmagan. Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim shu yilning yanvar oyi boshida «qizil iblislar» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi. Muqaddam u Lissabonning «Sporting» hamda «Braga» klublarini boshqargan.

Kiritildi: 08:01, 21.05.2026.
O'qildi: 194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик