Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Hakimiy sobiq jamoasining muvaffaqiyatlariga munosabat bildirdi

Hakimiy sobiq jamoasining muvaffaqiyatlariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy o‘zining sobiq klubi — Milanning «Inter» jamosasi erishayotgan muvaffaqiyatlar haqida gapirdi.

«Neradzurrilar» o‘tgan yilning yozida Simone Indzagining o‘rnini egallagan Kristian Kivu qo‘l ostidagi debyut mavsumidayoq A Seriya va Italiya Kubogi g‘olibiga aylandi.

«Men «Inter»ga muxlislik qilaman, shu sababli jamoaning A Seriya va Italiya Kubogida zafar quchganidan juda xursandman. Umid qilamanki, ular shu ruhda davom etishadi va tez orada biz yana ko‘rishamiz», — deya «Sky Sport» bilan suhbatda ta’kidladi marokashlik futbolchi.

Ashraf Hakimiy 2020 yildan 2021 yilgacha «Inter» sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng 68 million yevro evaziga «PSJ»ga ko‘chib o‘tgan edi. Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni Luis Enrike jamoasi Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» bilan to‘qnashadi.

Kiritildi: 12:16, 21.05.2026.
O'qildi: 155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик