Braziliyaning «Santos» klubi yulduzli hujumchisi Neymar boldir mushagidan jarohat oldi. Bu haqda jamoa tibbiy shtabi vakili Rodrigo Zogayb ma’lum qildi.
«Unda yengil shikastlanish bor, shish paydo bo‘lgan. Agar tiklanish jarayoni rejadagidek ketsa, u keyingi haftada terma jamoa ixtiyoriga yo‘l oladi», — deya Zogaybning so‘zlarini keltiradi «GE» nashri.
Avvalroq, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni bo‘lajak JCH-2026 uchun «selesao»ning yakuniy qaydnomasiga kiritgani ma’lum bo‘lgan edi.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya jamoasi Shotlandiya, Marokash va Gaiti terma jamoalari bilan kuch sinashadi.













