«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro Premyer-liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Braziliyalik futbolchi mavsumning so‘nggi uy uchrashuvi bo‘lgan «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda «Old Trafford» muxlislari bilan xayrlashib ulgurdi.
Geglobo nashrining xabariga ko‘ra, aynan o‘sha o‘yin xavbek uchun umuman «qizil iblislar» safidagi oxirgisi bo‘lib qoladi — u «Brayton» bilan uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Mankunianliklarning «chaykalar»ga qarshi o‘yini yakshanba kuni, 24 mayda bo‘lib o‘tadi. Maykl Kerrik jamoasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni naqd qilib bo‘lgan va kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynashi kafolatlangan. Kazemiro «Manchester Yunayted»ni erkin agent maqomida tark etadi — uning amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.













