«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva o‘z kelajagi borasida bir qarorga keldi. La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi «Yuventus»ga o‘tishdan bosh tortgan va Turin klubi bilan shartnoma imzolamaydi.
Buning o‘rniga yarim himoyachi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga qaror qildi. Ispaniya klublari ichida Silvani sotib olishga «Barselona», «Real» va «Atletiko» qiziqish bildirmoqda.
Bernardu Silva 2017 yilda «Monako»dan «Manchester Siti»ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













