Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Inter» Oblak transferiga kirishmoqda

«Inter» Oblak transferiga kirishmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli futbolchiga Milanning «Inter» klubi da’vogarlik qilmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning malumotiga ko‘ra, «neradzurrilar» sloveniyalik posbonni darvoza chizig‘i uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab olgan. Italiya chempionlari shartnomasi shu iyun oyi oxirida yakuniga yetadigan Yann Zommerga o‘rinbosar izlamoqda.

«Transfermarkt» portali bahosiga ko‘ra, Yan Oblakning bozor qiymati 17 million yevroni tashkil etadi. Darvozabonning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. O‘tgan yillarda «matraschilar» yulduziga bo‘lgan qiziqish ko‘pincha Angliya Premyer-ligasi grandlariga nisbat berilar edi.

Kiritildi: 08:56, 22.05.2026.
O'qildi: 405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик