Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Dembele: «Luis Enrike bilan ishlashdan butunlay zavq olyapman»

Dembele: «Luis Enrike bilan ishlashdan butunlay zavq olyapman»

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikeni maqtadi. Fransuz futbolchisi ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘tgan mavsumda haqiqiy yuksalishni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu forvard 2025 yilning kuzida «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan edi, joriy yilning 30 may kuni esa parijliklar bilan birgalikda ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkin.

«Murabbiy bilan ishlashdan butunlay zavq olyapman. U menga jamoada boshqalarga o‘rnak bo‘lishim kerakligini aytdi. O‘tgan mavsum boshida u shunday degandi: «Sen ancha ko‘p gol urishing, tez-tez golli uzatmalar berishing va barcha jamoadoshlaringga namuna bo‘lishing kerak. To‘psiz qanday mehnat qilayotganingni ko‘rib, ular ham yanada qattiqroq harakat qilishadi». U menga ko‘plab ko‘rsatmalar berdi, maydonda to‘g‘ri joylashishimga yordam berdi va erkin harakat qilishimga imkon yaratdi», — deya «RMC Sport» Dembelening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

«PSJ» va «Arsenal» o‘rtasidagi Chempionlar ligasining hal qiluvchi final uchrashuvi 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:31, 22.05.2026.
O'qildi: 296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик