Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«PSJ» yarim himoyachisi YECHL bosh sovrin taqdirini nima hal qilishini aytdi

«PSJ» yarim himoyachisi YECHL bosh sovrin taqdirini nima hal qilishini aytdi

Baho:
+ | -

«PSJ» futbolchisi Uorren Zair-Emeri Chempionlar ligasi finalidagi raqib — Londonning «Arsenal» klubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Jamoalar bosh sovrinni 30 may kuni Budapeshtda o‘zaro o‘yin orqali rasmiylashtirishadi.

«Bunday yuqori darajada raqib tarkibidagi har bir futbolchi katta xavf tug‘dirishi mumkin. «Arsenal» juda kuchli jamoa, ular Premyer-ligada g‘olib chiqishdi. Biz maydonda maksimal darajada diqqat-e’tibor bilan harakat qilishimiz va hatto eng kichik xatolarni ham kamaytirishimiz lozim — aynan mana shu omil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi», — deya ingliz OAVlari Zair-Emerining so‘zlarini keltirmoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, «PSJ» ushbu turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi, «Arsenal» esa o‘z tarixida ilk bor ushbu kubokni qo‘lga kiritishi mumkin.

Kiritildi: 11:14, 22.05.2026.
O'qildi: 443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик