Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Vlaxovich erkin agent sifatida APLga yo‘l olishi mumkin

Vlaxovich erkin agent sifatida APLga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+3 | -

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich yana bir top-klub — «Chelsi»ning radariga tushdi. 26 yoshli futbolchi tez orada erkin agentga aylanishi mumkin, chunki uning yakunlanib borayotgan shartnomasi haliyam uzaytirilgani yo‘q.

Transfer News Live nashrining Football Insiderga tayanib xabar berishicha, «ko‘klar» Vlaxovich nomzodini jiddiy ko‘rib chiqishmoqda. London klubi serbiyalik forvardni yozda jamoadan ketish ehtimoli juda yuqori bo‘lgan Liam Delapga munosib o‘rinbosar sifatida baholamoqda.

Dushan Vlaxovich joriy mavsumda «Yuventus» safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Hujumchi 2022 yilning boshidan buyon «keksa sinyora» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 11:16, 22.05.2026.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик