Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Barselona» yarim himoyachisi: «Keyingi yilda bundan ham kattaroq maqsadlarni ko‘zlaymiz»

«Barselona» yarim himoyachisi: «Keyingi yilda bundan ham kattaroq maqsadlarni ko‘zlaymiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yarim himoyachisi Mark Bernal jamoaning joriy mavsumda qayd etgan natijalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz «Barsa»ning mavsumdagi ishtirokidan mamnunmiz. Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan juda qiyin qarama-qarshilikda Chempionlar ligasi mayda detallar (arzimas xatolar) tufayli qo‘limizdan chiqib ketdi, ammo keyingi yilda biz bundan ham kattaroq maqsadlarni ko‘zlaymiz», — deya Bernalning so‘zlarini keltiradi «Barça Universal» nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 2025/2026 yilgi mavsumda Ispaniya chempioniga aylandi. Shuningdek, Xans-Diter Flik shogirdlari mamlakat Superkubogida ham zafar quchishdi.

23 may kuni «Barselona» mavsumdagi so‘nggi uchrashuvini «Valensiya»ga qarshi o‘tkazadi. Ispaniya La Ligasining 38-turidan joy olgan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Kiritildi: 13:07, 22.05.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик